Tuesday, February 28, 2012

Men sevgan inson

Men, soyasiz insonni seva olmayman,
Soya sevmaslar ham yoqmaydi menga.
Men qalbim ochaman sevib tolmayman
Bir daraxt soyasi bo`lgan insonga.

Daraxt soyasida o`tirib olib,
Barglar orasidan nur sochgan quyosh
Tomosha qilsangiz biroz tin olib
Bunday go`zallikka yetmaydi bardosh.

Men ko`z yoshsiz kimsaga ko`ngil qo`ymayman,
Ko`z yosh sevmaslar ham yoqmas mutlaqo.
Men shunday insonni sevib tolmayman
U shundayin zotki, farishta misol
Bir tomchi ko`z yoshi bo`lgan xurliqo.
Shodlik ham ko`z yoshsiz shodlik emasda,
Sevgi ham ko`z yoshsiz xunuk va xasta.

Daraxt soyasida o`tirib olib
Sevimli yorining ko`zidan gavxar
Terib olayotgan yigitni ko`rib
Angladim, bu dunyo qanchalar go`zal!




No comments:

Post a Comment