Tuesday, February 28, 2012

Gul so`ligan oqshom

Gul so`lidi deya, tamom, tashlab ketishmi?
Qo`ng`iroq ham qilmay,ko`zni, yoshlab ketishmi?
So`ligan gul qalbini bilgan men faqir
Gul so`ligan kechada yolg`iz qolgandim
Men bechora ko`nglini tushungin axir
O`shanda ham men seni unutmagandim.
Endi bevafolarcha tashlab ketishmi?
Gul so`ligan oqshomda,qorong`u tunda
Parvo qilmay qornimni ochlab ketishmi?!


No comments:

Post a Comment