Tuesday, February 28, 2012

Sevaman

Yo`lda yurib ketyapman idish ko`tarib,
Daryo tomonga bordim tomog`im qurib
Oqar suvning ustiga barmog`im bilan
"Sevaman" deb yozdimu suvdan ho`pladim.

To`satdan qop-qora bulutlar kelib,
Bir necha kun shatirlab yomg`ir yog`ardi
Gul ham hastalanib boshini egib,
Loyqa suvlar bag`rida oqib borardi.

Nixoyat, yomg`ir to`xtab, bir oz tin oldi,
Daryo qirg`og`ida gul boshin ko`tardi.
Va suvga qaradi bir dam jim qoldi
Men yozgan yozuvga maxkam osilib,
Yoshgina bir jasad oqib o`tardi.
Faqat bitta so`zni takror qaytardi:
"SEVAMAN!..."

No comments:

Post a Comment