Tuesday, February 28, 2012

Eski gulning urug`i

Gulzor ham qachondir toshloq ediku,
Toshloq ham kimningdir gulzori edi.
Bir kuni sen meni qidirib kelib
Oxista qo`limni ushlagan onda ,
Bir dona gul bo`lib ochilgandim-ku
Issiqqina bag`ringa otilgandim-ku.

Toshloq ham qachondir ko`z yosh ediku,
Ko`z yosh ham kimningdir toshday qalbiydi.
Bir kuni sen meni tark etib ketib
Umrbod qo`limni qo`yvorgan onda,
Bir dona gul kabi ochilgandim-ku
Sen tomon talpingan,sendan kecholmas,
Eski gul urug`iday sochilgandimku.


No comments:

Post a Comment