Thursday, February 23, 2012

Namxangang daryosi

Muzlab qolgan Namxangangning o`rtasida,
Kichikkina bir qayiqcha muzlab turibdi.
Uzoq dengiz orzusining ko`chasida
O`zi bilmay muzlagancha bo`zlab turibdi.

Qayiqqa oshno bo`lgan maysalargacha,
Bir kechada sovuq qishni yo`qlayapti.
Hech qayerga ketolmas bu sho`rlik qayiqcha
O`zi muzlab qolganini bilmayapti...

1 comment: